“Bavariya” murabbiyligi uchun asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Yozda Myunxenning “Bavariya” klubi “Bayer” bosh murabbiyi Xabi Alonso uchun kurashga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o‘yinida “Latsio”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:1) “Bavariya” rahbariyati kelgusida Tuxel o‘rniga nomzod qidirishni boshlagan. Variantlardan biri - “Bayer”ni boshqayotgan Xabi Alonso. Klubda Tomasni mavsum o‘rtalarida ishdan bo‘shatish varianti ham bor.

Ma’lumot uchun, “Bavariya”ning navbatdagi uchta o‘yini - “Boxum”, “RB Leypsig” va “Frayburg”ga qarshi o‘tkazadi va mazkur bahslar Tuxelning jamaodagi kelajagi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Germaniya chempionatining 2023/2024 yilgi mavsumida “Bavariya” 50 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam “Bayer”dan besh ochko ortda qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Tuxel' Bayer Xabi Alonso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made