“Bavariya” klubi o‘z tarixidagi eng yirik transferni amalga oshirmoqchi

Sport

image

Germaniyaning “Bavariya” klubi o‘z tarixida birinchi marta transfer uchun qariyb 100 million yevro sarflamoqchi. Bu haqda “L'Equipe” nashri xabar bedi.

Manbaga ko‘ra, “Bavariya” angliyalik hujumchi Xarri Keyn uchun “Tottenxem”ga 90 million yevrodan 95 million yevrogacha taklif qilmoqchi. May oyida nemis klubi kuzatuv kengashiga qo‘shilgan Karl-Xayns Rummenigge “shporlar” rahbariyatini ishontirishga harakat qilyapti.

“Bavariya” markaziy hujumini kuchaytirish uchun Keyndan boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqchi emas. Klub yo Keynni sotib oladi yoki hech kim bilan shartnoma tuzmaydi.

Ma’lumot uchun, Xarri Keyn o‘tgan mavsum London klubi safida umumiy 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Tottenxem” bilan shartnomasi keyingi yil yozda yakunlanadi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, 29 yoshli Keynning qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Xarri Keyn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing