“Bavariya” Germaniyadagi falokat jabrlanuvchilariga 1 million yevro xayriya qildi
Sport
−
04 iyun
3233“Bavariya” Germaniya janubidagi suv toshqinidan jabrlanganlar uchun 1 million yevro xayriya qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi Bavariya va Baden-Vyurtemberg shtatlarida jabrlanganlarga yordam berish uchun mablag‘ yubordi.
Germaniya janubidagi suv toshqinlari oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Uzoq davom etgan yomg‘ir tufayli transport kommunikatsiyalarida uzilishlar yuzaga kelgan va evakuatsiya ishlari olib borilmoqda.
Qayd etish joiz, mavsum oralig‘ida Vensan Kompani “Bavariya”ning yangi bosh murabbiyi bo‘ldi.