“Bavariya”ga yangi murabbiy tayinlandi
Sport
−
25 may 2024 8077 1 daqiqa
Angliyaning “Byornli” klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani “Bavariya” ustoziga aylandi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X'dagi sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kompani uchun ingliz klubi myunxenliklardan 10-12 million yevro miqdorida tovon puli oladi. Belgiyalik mutaxassisning nemis klubi bilan kelishuvi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Qayd etish joiz, “Bavariya”ni joriy mavsum boshqargan germaniyalik Tomas Tuxel jamoani tark etdi.
Ma’lumot uchun, “Byornli” 2023/24 yilgi mavsum yakunida Angliya Premer-ligasidan tushib ketdi. Jamoa keyingi mavsumni Chempionshipda o‘tkazadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr