Baturovdan oltin. O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni naqd qildi
Sport
−
26 aprel 2019
4071Xabaringiz bor Tailand poytaxti Bangkok shahrida havaskor bokschilar o‘rtasidagi navbatdagi Osiyo chempionatida final uchrashuvlari davom etyapti.
O‘zbekiston terma jamoasining yana bir vakili Bobo-Usmon Baturov -69 kg vazn toifasida final jangini o‘tkazdi. Baturov yaponiyalik Sevonrets Okazavaga qarshi ringga ko‘tarildi va uni mag‘lub etib, yutuqlari qatoriga qit’a chempionligini ham qo‘shib qo‘ydi.
O‘zbekiston vakillari hozirgacha finallarda 100 foizlik natija qayd etmoqda. Avvalroq, terma jamoaning yengil vazndagi vakillari Nodir Mirzahmedov (-49 kg) hamda Mirazizbek Mirzaxalilov (-56 kg) ham finalni muvaffaqiyatli o‘tkazgandi.
Qayd etish kerakki, Baturov qo‘lga kiritgan oltin O‘zbekiston terma jamoasiga muddatidan oldin erkaklar o‘rtasidagi bahslarda umumjamoa hisobida birinchilikni naqd qildi. Finalga O‘zbekistondan 5 nafar, Qozog‘iston va Hindistondan 4 nafardan bokschi chiqqandi, ammo O‘zbekistonning medal jamg‘arishdagi asosiy raqibi Qozog‘iston medallar sifati bo‘yicha ikkinchi o‘rinda qolishi ma’lum bo‘lib ulgurdi.
Birozdan so‘ng og‘ir vaznli bokschilar ham ringga chiqishadi:
-91 kg: Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Xyong Kyu Kim (Janubiy Koreya)
+91 kg: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston)
LiveBarchasi