Basketbol: AQSH ketma-ket to‘rtinchi bor Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdi 

Sport

image

Bugun, 7 avgust kuni Tokio Olimpiadasining basketbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda AQSH va Fransiya terma jamoalari g‘oliblik uchun kurashdi va yakunda amerikaliklar g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda 87:82 hisobida basketbol vatani vakillarining qo‘li baland keldi. Kevin Dyurant yetakchiligidagi AQSH basketbolchilari to‘rtta chorakning uchtasini o‘z foydalariga hal qilishdi.

Uchrashuvning eng sermahsul o‘yinchisi aynan Kevin Dyurant bo‘ldi. U bellashuv davomida 29 ochko, 6 ribaund va 3 golli uzatma amalga oshirdi.

Shunday qilib, AQSH jamoasi ketma-ket to‘rtinchi marta Olimpiya o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi. Okeanorti vakillari bundan avval Pekin-2008, London-2012 va Rio-2016 Olimpiadasida g‘olib bo‘lgan, Dyurant esa, 4 chempionlikning uchtasida jamoa tarkibida bo‘lgan.

Bronza medallari uchun, Sloveniya va Avstraliya terma jamoalari to‘qnash keladi.

Ma’lumot uchun, guruh bosqichining ilk o‘yinida AQSH termasi aynan Fransiyaga imkoniyatni boy bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Frantsiya Tokio-2020 Basketbol Kevin Dyurant

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing