Bashar Asadga Suriyani tark etish taklif qilindi – WSJ

Olam

image

Misr va Iordaniya rasmiylari Suriya Prezidenti Bashar Asadga respublikani tark etishni va vaqtinchalik kengash tuzishni taklif qildi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, bu kengash muxolifat vakillarini ham o‘z ichiga olishi zarur bo‘ladi. Biroq Iordaniyaning AQSHdagi elchixonasi mazkur ma’lumotni rad etgan. 6 dekabr holatiga ko‘ra, Asad hali ham Suriyada bo‘lib turibdi.

Manbalarga ko‘ra, Qatar, BAA va boshqa arab davlatlari Suriya hukumatining yaqin kelajakda qulash ehtimoli va mintaqada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan beqarorlikdan tobora ko‘proq xavotirlanmoqda. Suriya Prezidenti Turkiyadan vaziyatga aralashishni so‘ragan, shuningdek, Misr, BAA, Iordaniya va Iroqqa qurol so‘rab murojaat qilgan, ammo rad javobini olgan.

Ma’lumot uchun, 27 noyabr tongida Suriya isyonchilari va jangarilari hukumat nazoratidan chiqib ketgan shimoliy-g‘arbiy Idlib viloyatida keng miqyosli hujumlarni boshladi. Bugungacha Halab, Homs, Hama va Dar’a kabi yirik shahar va viloyatlar jangarilar qo‘liga o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriyadagi muxolifat kuchlarning olg‘a siljishi “muammolarsiz davom etishiga” umid qilishini aytgan edi. Prezidentning ta’kidlashicha, Turkiyaning ketma-ket amalga oshirgan qo‘ng‘iroqlarga qaramay, Suriya Prezidenti Bashar Asaddan mavjud muammolarni ikki tomonlama muhokama qilish taklifiga ijobiy javob bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Bashar Asad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing