Bashar Asad Suriya Bosh vazirini lavozimidan bo‘shatdi

Olam

image

Suriya Prezidenti Bashar Asad Bosh vazir Imad Xamisni o‘z lavozimidan ozod qildi. Bu haqda bugun, 11 iyun kuni Suriyaning SANA davlat agentligi ma’lum qildi. http://sana.sy/

"Prezident Bashar Asad Vazirlar Kengashi raisi Imad Xamisni egallab turgan lavozimidan ozod etishni nazarda tutuvchi 143-sonli farmon chiqardi", deyiladi agentlik xabarida.

Suv resurslari vazirligi rahbari Husayn Arnus bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani aytilmoqda.

Shuningdek, hukumat 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Arab Respublikasi Xalq Kengashiga (parlament) saylovlariga qadar o‘z ishini davom ettirishi ta’kidlangan.

Imad Xamis 2016 yil iyun oyidan beri Suriyaning Bosh vaziri bo‘lib ishlab kelayotgan egan. Undan oldin u mamlakatning Elektr vazirligini boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing