Bashar Asad oilasi bilan Rossiyaga bordi – TASS

Olam

image

Suriyani isyonchilar hujumidan keyin tark etgan prezident Bashar Asad oilasi bilan Moskvaga keldi. Bu haqda Kremldagi manbalarga tayanib, TASS xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bashar Asad Rossiyadan siyosiy boshpana so‘ragan. 

“Asad oila a’zolari bilan Moskvaga keldi. Rossiya gumanitar nuqtai nazaridan ularga boshpana berdi”, deyiladi xabarda.

Rossiya samolyoti bir necha soat oldin Suriyaning Latakiya shahridan uchgan, keyin transponderni o‘chirib, Rossiya tomon yo‘nalgan. Bort Xmeymim harbiy bazasidan yoki Latakiya aeroportidan parvoz qilgan bo‘lishi mumkin. Ma’lumotni samolyotlar harakatini nazorat qiluvchi Flightradar saytida ko‘rish mumkin.

Samolyotning transponderi Moskva yaqinida qisqa muddatga yoqilgan va qo‘nishdan oldin yana o‘chirilgan. Transponder o‘chirilgani tufayli dastlab Suriya prezidenti bo‘lgan samolyot radarlardan g‘oyib bo‘lgani, ehtimol aviahalokatga uchragani haqida xabar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 noyabr kuni “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhi tuzilmalari va uning ittifoqchilari Suriya hukumat kuchlari pozitsiyalariga qarshi keng ko‘lamli hujum boshlagandi. 7 dekabr oqshomida Asad muxoliflari Halab, Hama, Dayr-az-Zor, Dar’a va Homs shaharlarini egallagan. 8 dekabr kuni ertalab ular Damashqqa kirib kelgan, shundan so‘ng Suriya armiyasi bo‘linmalari shaharni tark etgan. Respublika Bosh vaziri Muhammad G‘ozi Al-Jaloliy 7 dekabr kuni kechqurun Asad bilan oxirgi marta gaplashganini va vaziyatdan xabardor qilganini aytgan.

Shundan so‘ng “Reuters” agentligi Suriya prezidenti Bashar Asad samolyot halokatida vafot etgan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan. Manbalar Asad o‘tirgan samolyotning g‘alati trayektoriyasiga ishora qilgan. Flightradar monitoring sayti ma’lumotlariga ko‘ra, u “to‘satdan 180 graduslik burilish yasagan va xaritadan g‘oyib bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Bashar Asad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing