Asad aviahalokatga uchragan bo‘lishi mumkin – “Reuters”
Olam
−
08 dekabr
12948Suriya prezidenti Bashar Asad samolyot halokatida vafot etgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda manbalarga tayanib, "Reuters" xabar berdi.
Avvalroq Asad Damashqni samolyotda tark etgani haqida xabar qilingandi. Agentlik manbalariga ko‘ra, “Asad aviahalokatda yo‘q qilingan bo‘lishi ehtimoli juda yuqori”.
"Reuters" manbalari Asad o‘tirgan samolyotning g‘alati trayektoriyasiga ishora qilgan. Flightradar monitoring sayti ma’lumotlariga ko‘ra, u “to‘satdan 180 graduslik burilish yasagan va xaritadan g‘oyib bo‘lgan”.
“Samolyot radarlardan g‘oyib bo‘ldi, transponder o‘chirilgan bo‘lishi mumkin, ammo menimcha, kema urib tushirilganligi ehtimoli yuqoriroq”, degan agentlikning Suriyadagi manbalaridan biri qo‘shimcha izoh berishdan bosh tortgan holda.
Ma’lumot uchun, 27 noyabr kuni “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhi tuzilmalari va uning ittifoqchilari Suriya hukumat kuchlari pozitsiyalariga qarshi keng ko‘lamli hujum boshlagandi. Kecha, 7 dekabr oqshomida Asad muxoliflari Halab, Hama, Dayr-az-Zor, Dar’a va Homs shaharlarini egallab oldi.
Bugun, 8 dekabr kuni ertalab suriyalik jangarilar Damashqqa kirib kelgan, shundan so‘ng Suriya armiyasi bo‘linmalari shaharni tark etgan. Respublika Bosh vaziri Muhammad G‘ozi Al-Jaloliy 7 dekabr kuni kechqurun Asad bilan oxirgi marta gaplashganini va vaziyatdan xabardor qilganini aytgandi.
LiveBarchasi