Bashar Asad qirol bo‘lishi kutilmoqda – OAV

Olam

image

Suriya Prezidenti Bashar Asad o‘z mamlakatida boshqaruv shaklini respublika boshqaruvidan monarxiyaga o‘zgartirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda Saudiya Arabistonining qirollik uyiga yaqin joylashgan "Elaf" nashri malum qildi.  

Nashr Suriya rahbariyatidagi manbaga tayanib, Bashar Asad qandaydir yo‘l bilan oilasi xavfsizligini ta’minlash va hokimiyatning o‘g‘liga to‘siqsiz o‘tish imkoniyatiga ishonchini yo‘qotganini yozgan.

"Asad “Arab bahori” tajribasiga tayanmoqda. O‘shanda Tunisda Ben Ali, Misrda Husni Muborak hamda Liviyada Muammar Kaddafiyning respublikachi rejimlari o‘zini oqlamadi. O‘shanda norozilik namoyishlariga sabab bo‘lgan monarxiya tizimlari yaxshi sinovdan o‘tdi", degan ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan yuqori martabali suriyalik amaldor.

Asad uchun hukumat shaklining o‘zgarishi birinchi navbatda tinch muzokaralar jarayonida o‘zi va oilasi xavfsizligi masalasidir. Fuqarolar urushini tugatish bo‘yicha kelishuvlar hozirgi Prezident uchun iloji bo‘lmagan kuch konfiguratsiyasini yaratishga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, Asad "respublika monarxiyasi"ga o‘tishni rejalashtirgan. Bu atama, xususan, Suriya Prezidentiga begona bo‘lmagan Buyuk Britaniyada mavjud hukumat tizimiga ishora qiladi. 

Ma’lumot uchun, Bashar Asad aynan Londonda oftalmolog, yani ko‘z shifokori bo‘lib ishlagan. Agar 1994 yilda otasi Hafiz Asad o‘zining vorisi sifatida ko‘rgan katta akasi Bazil avtohalokatda halok bo‘lmaganida, ehtimol, u shu kungacha Britaniyada yashagan bo‘lardi. Asad o‘zini monarx deb e’lon qilsa, uning vorisi kim bo‘lishi haqida hech narsa deyilmagan. Biroq Suriya Prezidentining ikki nafar o‘g‘li bor. Eng kichigi 2004 yilda tug‘ilgan Karim va kattasi Xofiz. Voris sifatida 2003 yilda tug‘ilgan qizi Zeyn yoki hatto Prezidentning rafiqasi Asma ham ega bo‘lishini inkor etib bo‘lmaydi.

Umuman olganda, Bashar Asad uchun asosiy muammo uning qirol sifatida xalqaro tan olinishi bo‘ladi.

Asadbek Komilov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Suriya Bashar Asad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing