“Bashakshehir” Eldor Shomurodovni to‘liq sotib oldi
Sport
−
01 fevral 10939 1 daqiqa
Istanbulning “Bashakshehir” klubi o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning transferini to‘liq sotib oldi. Bu haqda “Zpor” xabar berdi.
Qayd etilishucha, Turkiya klubi va Italiyaning “Roma"si o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomasida belgilangan 2,7 million yevrolik sotib olish bandi faollashgan. Endilikda “Bashakshehir” Shomurodovni boshqa klubga transfer qilsa, “Roma” bitim summasining 10 foiziga egalik qiladi.
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov “Bashakshehir” safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U ayni damda Turkiya Superligasining to‘purarlar jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.
Live
Barchasi