“Barselona” yetakchisini qo‘yib yubormoqchi emas

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi vinger Rafinya bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha yangi taklif tayyorlamoqda. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” joriy mavsum yakunida futbolchiga uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqchi. Klub Rafinya uchun kelgan takliflarni ko‘rib chiqmoqchi emas.

Ma’lumot o‘rnida, Rafinya kataloniyaliklar safiga 2022 yilda kelib qo‘shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan. Braziliyalik futbolchi joriy mavsum klub tarkibida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 11 ta assist qayd etdi. 28 yoshli vingerning narxi “Transfermarkt” portalida 80 million yevroga baholangan.

 Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Manchester Siti” Rafinyani sotib olmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Braziliya Rafin'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing