“Barselona” YeCHLdagi uy o‘yinlarini Madridda o‘tkazishi mumkin

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) pley-off o‘yinlarini Madridda o‘tkazishi mumkin. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar”da Yevropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichida o‘ynash uchun joy yo‘q, chunki “Kamp Nou” rekonstruksiya qilinmoqda. Arenaning  rekonstruksiya jarayonlari fevralgacha tugamaydi. Shu sababdan “Barselona” shoshilinch ravishda boshqa variantlarni qidirmoqda.

Barselona shahri kengashining “Montjuik” stadionida tadbirlar o‘tkazish majburiyati tufayli klub mavsumning so‘nggi oylarida Olimpiya stadionida o‘ynay olmaydi va bu vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda. UEFA reglamenti esa klublarni butun pley-off uchun stadion tanlashga majbur qiladi. Kataloniya klubi pley-off vaqtida uy arenasini o‘zgartira olmaydi. Ya’ni, “Barselona” pley-off bosqichidan oldin Yevropa Chempionlar ligasi uchun stadion e’lon qilishi kerak.

Ehtimol, “Barselona” YeCHLda o‘z uy o‘yinlarini “Atletiko” stadionida o‘tkazar. Yana variant sifatida “Valensiya” klubining stadioni “Mestalya” va “Espanol” klubi ko‘rib chiqilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Evropa Chempionlar ligasi Madrid Kamp Nou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing