“Barselona” va “Manchester Yunayted” uchrashuvida Yevropa ligasi rekordi o‘rnatildi
Sport
−
17 fevral 2023 6989 1 daqiqa
16 fevral kuni “Kamp Nou”da “Barselona” va “Manchester Yunayted” jamoalari o‘rtasida Yevropa ligasi pley-off bosqichining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
O‘yinni tomosha qilish uchun stadionga 90 255 nafar tomoshabin yig‘ildi. Shu tariqa, ushbu bahs Yevropa ligasining yangi rekordini o‘rnatdi. Hozirgacha bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord 2017 yilning 23 fevralida bo‘lib o‘tgan “Tottenxem”-“Gent” o‘rtasidagi 1/16 final uchrashuviga tegishli edi. O‘sha o‘yinni ko‘rish uchun “Uembli”ga 80 465 kishi kelgandi.
Eslatib o‘tamiz, MYU va “Barselona” o‘rtasidagi Yevropa ligasining javob o‘yini 24 fevral kuni Manchesterdagi “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust