“Barselona” va “Atletiko” o‘zaro futbolchi almashtiradi

Sport

image

“Barselona” va “Atletiko Madrid” Antuan Grizmann hamda Saul Nigesni o‘zaro almashtirish bo‘yicha muzokaralarni boshlagan. Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra ikkala futbolchi ham ushbu transferga rozi bo‘lgan.

Hozirda ikkala klub ham kelishuvning moliyaviy shartlarini muhokama qilmoqda. «Barselona» “Atletiko”dan ayirboshlash uchun qo‘shimcha pul talab qilmoqchi. Avvalroq bu summa 15 million yevro atrofida ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ikki ispan klubining harakatini Angliya klublari katta ishtiyoq bilan kuzatmoqda. Chunki “Chelsi” va “Liverpul” Saulni o‘z safida ko‘rishni istaydi.

Grizmann 2019 yilda aynan “Atletiko”dan “Barselona”ga 120 million yevro evaziga transfer qilingan edi. Fransiyalik futbolchi jamoasi safida La liga o‘tgan mavsumida 36 o‘yinda ishtirok etib, 13 gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Saul esa “matraschilar” libosida 33 uchrashuvda 2 gol urgan va jamoadoshlarining bir goliga aniq uzatma bera olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Barselona Atletiko Liverpul' Antuan Grizmann Transfer Saul' N'igez

Baholaganlar

26

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing