Barselona o‘z hujumchisidan tezroq qutulmoqchi

Sport

image

“Barselona” yozgi transfer oynasi tarkibidagi bir necha futbolchilar bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda taniqli futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona”ning qanot hujumchisi Ansu Fati bo‘yicha rejasi yanvardagidek qolmoqda. Yozda futbolchini sotish uchun yangi klub qidiriladi.

Qayd etilishicha, Ansu yanvar oyida klubini o‘zgartirish bo‘yicha to‘rtdan ortiq taklifni rad etgan va u endi yakuniy qarorni yozda qabul qiladi, ammo “Barselona”ning ispaniyalik vinger bo‘yicha pozitsiyasi aniq – futbolchini sotish.

Fati mavsumning katta qismini jarohat olib o‘tkazib yubordi. 22 yoshli vinger barcha musobaqalarda 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va bir marta ham raqiblar darvozasini ishg‘ol qilmadi.

Qayd etish joiz, bir paytlar “Barselona”da Fatiga Messining o‘rinbosar sifatida qaralgan, ammo futbolchi jarohati bois oldingi formasini tiklay olmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq PSJ klubi “Barselona” fenomeni Lamin Yamalga taklif bilan chiqmoqchi ekanligi xabar qilingandi.

Parij klubi Yamalning Barselona bilan bilan shartnomasi uzaytirilmasligini xohlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Ansu Fati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing