“Barselona” ustozi “El-Klasiko”ni o‘tkazib yuboradi

Sport

image

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) tartib-intizom qo‘mitasi “Barselona”ning Hansi Flik olgan qizil kartochka bo‘yicha apellyatsiyasini rad etdi. Natijada nemis murabbiyi “Real Madrid”ga qarshi “El-Klasiko” uchrashuvida zaxira o‘rindig‘ida bo‘la olmaydi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Qo‘mita qarorida aytilishicha, klub Flikning chetlatilishi “adolatsiz bo‘lganini” isbotlovchi “hech qanday dalil taqdim etmagan”. Shuning uchun, RFEF Intizom kodeksining 120-moddasiga muvofiq, unga bir o‘yinga diskvalifikatsiya jazosini saqlab qolgan.

“Barselona” o‘z bayonotida hakam hisobotida keltirilgan voqealar “haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini” bildirgan va Flikka berilgan ikki ogohlantirishni bekor qilishni so‘ragan edi. 

“Barselona” ustozi joriy yilning 18 oktyabr kuni “Jirona”ga qarshi o‘yinda hakam Xesus Xil Mansanoga norozilik bildirgani uchun maydondan chetlatilgan edi. Avvaliga u sariq kartochka olgan, keyinchalik esa Stuani va Kristensen o‘rtasidagi epizoddan so‘ng hakamning qaroriga keskin e’tiroz bildirgani uchun ikkinchi ogohlantirishni olib, qizil kartochka bilan maydonni tark etgan edi.

Shu tariqa, “Barselona” bosh  murabbiyi “Bernabeu”dagi uchrashuvda jamoasiga maydondan turib yordam berolmaydi. Klub apellyatsiyani keyingi bosqichga RFEF'ning Apellyatsiya qo‘mitasiga yuborishi mumkin, biroq “El-Klasiko”ga qadar yangi qaror chiqishi ehtimoli juda past.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” va “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv joriy yilning 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:15 bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi Hansi Flik Xesus Xil' Mansano “El'-Klasiko”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing