“Barselona” sobiq futbolchisi 2027 yilgacha maydonga tusha olmaydi
Sport
−
06 yanvar 7306 1 daqiqa
“Barselona” sobiq futbolchisi, “Los-Anjeles Gelaksi” jamoasining ispaniyalik yarim himoyachisi Riki Puch tizzasidan olgan jarohati sababli 2026 yilgi barcha o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda SI nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Barselona” sobiq futbolchisi jarohati sabab tizzasidan operatsiyasi qilinadi, bu esa uning yangi taqvim yilida maydonga tushishini shubha ostiga qo‘yadi.
26 yoshli yarim himoyachi oxirgi marta maydonga 2024 yil dekabrida tushgan va xochsimon bog‘lamining yirtilishi tufayli 2025 yilgi mavsumni to‘liq o‘tkazib yuborgan edi. Endilikda futbolchi 2026 yilni ham o‘tkazib yuborish ehtimoli yuqori.
Ma’lumot uchun, Riki Puch “Los-Anjeles Gelaksi”ga 2022 yil yozida “Barselona”dan qo‘shilgan edi. Uning klubi bilan shartnomasi 2027 yil oxirigacha amal qiladi.
Live
Barchasi