“Barselona” “Real”ni Superkubokdagi g‘alaba bilan tabrikladi
Sport
−
17 yanvar 2022
4099“Barselona” matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida “Real Madrid”ning «Atletik Bilbao”ni yengib (2:0), 12-marta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi.
“Superkubokdagi g‘alaba bilan “Real Madrid”ni tabriklaymiz”, deya yozgan “Barselona” Twitter sahifasi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Superkubokni eng ko‘p 13 marta qo‘lga kiritgan. Kataloniyaliklar so‘nggi marta Ernesto Valverde murabbiyligi ostida 2018 yil “Sevilya”ni mag‘lub etib, sovringa ega chiqqan
Ma’lumot uchun, “ko‘k-anorranglilar” musobaqaning yarim finalida aynan “Real”ga qo‘shimcha bo‘limlarda imkoniyatni boy bergan edi (3:2).
LiveBarchasi