“Barselona”ning titul homiysi o‘zgarishi mumkin
Sport
−
16 dekabr 2021 4700 1 daqiqa
“Barselona” klubning titul homiysi bo‘lishga intilayotgan kompaniyalar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ikki kriptovalyuta birjalari – “Binance” va FTX bilan muzokaralar faol tarzda davom etmoqda.
Shu bilan birga, “ko‘k-anorranglilar”ning hozirgi titul homiysi “Rakuten” bilan aloqalarni buzganicha yo‘q. “Barselona” rahbariyati bosh homiydan bonuslar bilan birga yiliga taxminan 60 million yevro olishni istaydi. Yaponiya elektron tijorat kompaniyasi esa bunday shartlarga rozi emas. Shu sabab hamkorlik bekor qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Ispaniya La ligasi turnir jadvalida 16 o‘yindan so‘ng, 24 ochko jamg‘argan holda 8-o‘rinda bormoqda.
Shuningdek, 2003/04 yilgi mavsumdan beri birinchi marta UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichi ishtirokchilari qatoriga kirmadi. Bu vaqt davomida klub 4 marta Chempionlar ligasi va Superkubogi hamda uch bor klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
Ma’lumot uchun, Kataloniya klubining “Rakuten” bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Amaldagi shartnomaga ko‘ra, kompaniya jamoa uchun yiliga 30 million yevro to‘laydi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025