“Barselona” “Napoli” yulduzi bilan shartnoma imzolamoqchi

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Napoli” vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Rojer Torello o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, gruziyalik futbolchining transfer summasi 90-100 million yevroni tashkil qilishi mumkin, biroq “Barselona”ning moliyaviy holatida muammolar borligi sababli kataloniyaliklar 23 yoshli futbolchi transferiga pul topish uchun avvalo bir necha o‘yinchilarini sotishi kerak bo‘ladi.

Joriy mavsumda Kvaratsxeliya “Napoli” safida barcha turnirlar doirasida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. O‘tgan mavsumda Xvicha A Seriyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Qayd etish joiz, “Barselona”ning asosiy raqobatchisi “Real Madrid” fransiyalik futbolchi Killian Mbappe transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Kataloniya klubi bu borada aynan Xvicha orqali “Real” bilan raqobat qilmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Napoli Xvicha Kvaratsxeliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made