“Barselona” Mbappe uchun super taklif yuboradi

Sport

image

“Barselona” “Real Madrid” bilan Kilian Mbappe transferi uchun kurashmoqchi. Fransiyalik futbolchi 2022 yilning yozida PSJni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

AS nashrining Kataloniya klubiga yaqin manbalarga tayanib xabar berishicha, “ko‘k-anorranglilar” 22 yoshli futbolchi uchun 90 million yevrolik shartnoma bonusini taklif qilmoqchi. Klub rasmiylarining fikricha, “Barsa” yozgi transfer oynasi ochilgunicha shunday imkoniyatga ega bo‘ladi.

“Barselona” rahbarlarining fikricha, “Real” Kilian uchun imzo bonusi sifatida 50 million yevro taklif qilishi mumkin, xolos. Bundan tashqari, Madrid klubi unga 17 million yevrodan ko‘proq maosh to‘lay olmaydi. Kuman murabbiyligidagi jamoa esa Mbappega “qaymoqranglilar”dan ko‘ra, yuqoriroq maosh taklif qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Florentino Peres (“Real” prezidenti) Kilian Mbappe PSJ bilan shartnomani qisqa muddatga bo‘lsa-da uzaytirishdan bosh tortishiga va futbolchi uchun kurashda ustunlikka ega ekaniga ishonmoqda.

Ma’lumot uchun, fransiyalik futbolchi Liga 1 joriy mavsumida 10 o‘yinda maydonga tushib, 5 gol va 4 golli uzatmaga mualliflik qildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Futbol PSJ Mbappe Real Madrid

Baholaganlar

251

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing