“Barselona” La Liga autsayderiga mag‘lub bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 18 aprel kuni Ispaniya La Ligasining 32-turi doirasida “Barselona” o‘z maydonida “Kadis”ga yutqazib qo‘ydi. “Ko‘k anorranglilar” o‘yinning 48-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Lukas Peres tomonidan kiritilgan golga javob qaytarishning chorasini topa olishmadi. Buning oqibatida, “Barselona”ning La Liga karvonboshisi bo‘lib turgan Madridning “Real” klubi bilan orasidagi farq 15 ochkoligicha qoldi.

Barselona – Kadis 0-1

Gol: Lukas Peres.

Barselona – ter Shtegen, Dest, Langle (Traore, 77-daqiqa), Erik Garsiya, Alba, Buskets, de Yong (de Yong, 77), Gavi, Depay (Obameyang, 61), Dembele, Ferran Torres.

Kadis – Ledesma, Parra (Akapo, 76), Ernandes, Fali Ximenes, Espino, Xose Mari (San-Emeterio, 64), Aleks Fernandes, Yonsson (Viktor Chust, 77), Salvi Sanches (Alexo, 64), Lukas Peres, Sobrino (Arsamendiya, 82).

Ogohlantirish: Buskets (42-daqiqa), Ernandes (61), Dest (70).

Ma’lumot o‘rnida, “Barselona”ning keyingi uchrashuvi La Liga 33-turi doirasida “Real Sosedad”ga qarshi kechadi. O‘yin 21 aprel sanasiga belgilangan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Barselona La Liga

Baholaganlar

12

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing