“Barselona” qiziqayotgan futbolchini “Bavariya” ilib ketishi mumkin

Sport

image

“Atletik” va Ispaniya terma jamoasi vingeri Niko Uilyamsga yangi da’vogar paydo bo‘ldi. 22 yoshli futbolchi “Bavariya”ning qiziqish doirasiga tushib qoldi. Bu haqda insayder Florian Plettenberg X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Bavariya” kelasi yozda hujum qanotlarini kuchaytirmoqchi. Myunxenlik skautlar Uilyamsning o‘yinini kuzatmoqda. Bitimning taxminiy summasi 50-60 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Bungacha OAV Kataloniyaning “Barselona” klubi Uilyamsni qo‘lga kiritmoqchiligi haqida yozayotgandi. Futbolchining o‘zi ham “ko‘k-anorranglilar” safiga ko‘chib o‘tmoqchi. Ammo bu masala bo‘yicha Kataloniya klubi “Atletik”ka hali rasmiy taklif yubormagan.

Ma’lumot uchun, Uilyams shu yil o‘tkazilgan Yevropa chempionatida Ispaniya terma jamoasi bilan g‘olib bo‘ldi. “Transfermarkt” 70 million yevroga  baholayotgan futbolchi joriy mavsum Bilbao klubi safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning joriy klubi bilan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Niko Uil'yams

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing