“Barsa”ning nishonidagi Uilyamsni “Real” ilib ketmoqchi
Sport
−
21 may
2126Madridning “Real” klubi Bilbaoning “Atletik” klubi hujumchisi Niko Uilyamsga katta qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi” futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun 58 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashi kerak bo‘ladi. Agar 22 yoshli futbolchi “Real”ga o‘tsa, katta ehtimol bilan jamoani braziliyalik qanot hujumchisi Rodrigo tark etadi. Shuningdek, “Real Madrid” Uilyamsni qo‘lga kiritishni istashidan sabab, unga “Barselona” ham qiziqish bildirgani.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Niko Uilyams barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 7 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning “Atletik” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portalining ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.
LiveBarchasi