“Barselona” muxlislari Niko Uilyamsning transferi uchun klubga xayriya qilmoqda

Sport

−

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi muxlislari Niko Uilyamsning transferi uchun xayriya qilmoqda. Bu haqda “Diario Sport” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kataloniya klubi Tik-Tok'da Lamin Yamal yangi mavsumdan boshlab 19-raqam ostida o‘ynashi haqidagi videoni joylashtirgan. Izohlarda klub muxlislari “Niko Uilyamsning transferi uchun” deb yozib, “donat” amalga oshirgan. 

E’tiborlisi, donat miqdori 1 yevrodan oshmaydi.

Ayni vaqtda “Barselona” “Atletik” vingeriga qiziqish bildirmoqda. Uning shartnomasidagi tovon puli 58 million yevroni tashkil qiladi.

Niko Uilyams Yevro-2024'da “Barselona” futbolchisi Lamin Yamal bilan yaxshi tandem hosil qilib, “qizil furiya”ni qit’a chempioni bo‘lishida katta hissa qo‘shdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing