“Barselona”, “Inter” va “Bavariya”da ishonchli g‘alaba. PSJ esa “Enfild”dan g‘alaba bilan qaytdi
Sport
−
12 mart
1167Kecha, 12 mart kuni Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi javob o‘yinlari o‘tkazildi. “Barselona” “Benfika”ni, “Bavariya” “Bayer”ni, “Inter” esa “Feyenoord”ni ortiqcha qiyinchiliksiz mag‘lub etdi. PSJ esa penaltilar seriyasiga ko‘ra “Liverpul”ni musobaqadan chiqarib yubordi.
Dastlab, “Montjuik”da bo‘lib o‘tgan “Barselona”-“Benfika” o‘rtasidagi o‘yin haqida. Kataloniyaliklar bu o‘yinda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda “Barselona” vingeri Lamin Yamal tomonidan kiritilgan fantastik gol muxlislar yodida qoldi. Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:1 hisobida g‘alaba qozongan “ko‘k-anorranglilar” 1/4 finalga yo‘l oldi. Endi klubning navbatdagi raqibi “Lill”-“Borussiya” o‘rtasidagi o‘yin g‘olibi bo‘ladi.
Milanda bo‘lib o‘tgan javob o‘yinida “Inter” raqibi “Feyenoord”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:1 hisobi qayd etildi. Endilikda “Inter”ning navbatdagi bosqichdagi raqibi Myunxenning “Bavariya”si bo‘ladi.
“Bavariya” mehmonda ham “Bayer”ga ortiqcha imkon bermadi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Kompani qo‘l ostidagi klub ketma-ket ikki marta “Bayer”ni mag‘lubiyatga uchratdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra umumiy hisob 5:0 va “Bavariya” keyingi bosqichda. Myunxenliklarning chorak finaldagi raqibi biroz oldin ta’kidlaganidek, Milanning “Inter”i bo‘ladi.
“Enfild”dagi dramada PSJ g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Parijliklar yetakchisi Usmon Dembele 12-daqiqada hisobni ochdi. O‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi. Ekstra-taymlarda ham vaziyat o‘zgarishsiz qoldi. Navbat penaltilar seriyasiga. Futbol lotoreyasida PSJning qo‘li baland keldi 4:1.
Shu tariqa, parijliklar ko‘pchilik uchun sensatsion tarzda “Liverpul”ni musobaqadan chiqarib yubordi. PSJning 1/4 final bosqichidagi raqibi “Aston Villa”-“Bryugge” o‘yini g‘olibi bo‘ladi.
LiveBarchasi