“Barselona” germaniyalik himoyachini sotib olmoqchi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi Inigo Martines o‘rniga chap oyoqli markaziy himoyachi izlamoqda. Germaniyalik Niko Shlotterbek Katalon klubi kuzatuv doirasida. Nemis himoyachisi jamoaning asosiy nomzodlaridan biri. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi.

Shlotterbek so‘nggi yillarda Dortmundning yetakchi o‘yinchilaridan biriga aylandi va Germaniya terma jamoasida ham o‘zini ko‘rsatdi. U markaziy himoyada ham, chap qanot himoyachisi sifatida ham o‘ynay oladi, bu esa “Barselona” qidirayotgan variantlardan biri. Germaniya matbuotiga ko‘ra, futbolchi klub bilan shartnomasini uzaytirishga shoshilmayapti, chunki muhim taklif kutmoqda. Shlotterbek uchun ham “Barselona” variantiga ijobiy qarayapti.

Shlotterbekning “Borussiya” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakunlanadi. Agar u yangilanmasa, keyingi yozda shartnoma muddati tugashiga bir yil qoladi va bu uning transfer narxini pasaytirishi mumkin. Hozircha u 40 million yevroga baholanmoqda, ammo kelgusida bu narx ancha pastlashi taxmin qilinyapti.   

“Barselona” markaziy himoya masalasini jiddiy o‘ylab chiqishi kerak. Kristensenning kelajagi noaniq, shartnomasi ham bu mavsum yakuniga yetadi. Agar u klubni tark etsa, yangi transfer kerak bo‘ladi. Shu bois klub “Sporting” himoyachisi Gonsalu Inasiuni ham kuzatmoqda. Uning shartnomasi ham 2027 yilda tugaydi va hozircha uzaytirilmagan. Yosh, xalqaro tajribaga ega Shlotterbek va Inasio “Barselona” jamoasining qiziqishlarida turibdi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” futbolchisi Inigo Martines yozda Saudiyaning “Al-Nasr” jamoasiga borib qo‘shilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” Niko Shlotterbek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing