“Barselona”ga Neymar kerak emas
Sport
−
27 yanvar
1225Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi hujumchisi Neymar “Barselona”ga qaytishi mumkin edi, biroq jamoa rahbariyati buni istamadi. Bu haqda jurnalist Viktor Navarro X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, oxirgi haftalarda “ko‘k-anorranglilar”ga braziliyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun faol takliflar tushdi. Kataloniya klubi rahbariyati esa jamoada to‘rt yil o‘tkazgan futbolchini ortga qaytarishdan bosh tortdi.
Joriy mavsumda Neymar “Al-Hilol” safida barcha musobaqalarda 2 ta o‘yin o‘tkazdi, ammo gol ura olmadi. Futbolchining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi, uni yana bir yilga uzaytirish mumkin. Neymar Saudiyadagi faoliyatining juda katta qismini jarohat sabab o‘tkazib yubordi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neymar Braziliyaning “Santos” klubiga qaytish uchun moliyaviy imtiyozlarga rozi bo‘lgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


