Neymar tezroq Braziliyaga ketmoqchi
Sport
−
27 yanvar 1706 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi chap qanot himoyachisi Neymar Braziliyaning “Santos” klubiga qaytish uchun moliyaviy imtiyozlarga rozi bo‘ldi. Bu haqda “Footmercato” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 32 yoshli vinger muzokaralarni tezlashtirish va “Santos”ga o‘tishga ko‘maklashish maqsadida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubidagi maoshining bir qismidan voz kechishga tayyor. Neymar qishda Braziliya klubiga o‘tishi kutilmoqda. Futbolchini ijaraga olish ham, “Al-Hilol” bilan yozda tugaydigan shartnomani bekor qilish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Qayd etish joiz, vinger 2013 yilgacha “Santos”da to‘p surgan, shundan so‘ng Kataloniyaning “Barselona” klubiga o‘tgan.
Joriy mavsumda Neymar “Al-Hilol” safida barcha musobaqalarda 2 ta o‘yin o‘tkazdi, ammo gol ura olmadi. Futbolchining amaldagi klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi, uni yana bir yilga uzaytirish mumkin. “Transfermarkt” internet portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 32 yoshli futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil qiladi.