Rafinya Braziliya terma jamoasida Neymarning raqamini oldi
Sport
−
11:30 226 1 daqiqa
“Barselona” hujumchisi Rafinya Braziliya terma jamoasi safida bo‘lajak o‘rtoqlik uchrashuvlarida 10-raqamli futbolkada maydonga tushadi. Bu haqda UOL nashri xabar berdi.
Nashrning xabar berishicha, Rafinyaning yangi raqam olishi Braziliya terma jamoasining 2030 yilgi Jahon chempionati oldidan yangi tayyorgarlik siklini boshlashi bilan bog‘liq.
2026 yilgi Jahon chempionatida Rafinya 11-raqamda, Neymar esa 10-raqamda harakat qilgan edi. Endi Neymarning 10-raqami Rafinyaga berildi.
Shuningdek, Endrik o‘z raqamini 19 dan 9 ga o‘zgartirdi, Estevaoga esa 20-raqam o‘rniga 11-raqam berildi. Vinisius Junior 7-raqamni, Brunu Gimarayns esa 8-raqamni saqlab qoldi.
Ma’lumot uchun, bugun, 25 sentyabr kuni Taunsvill shahrida Avstraliyaga qarshi uchrashuv Braziliyaning Jahon chempionatidan keyingi ilk o‘yini bo‘ladi. Jamoalar 29 sentyabr kuni yana o‘zaro bahs olib boradi. Joriy yilning 3 oktyabr kuni esa Karlo Anchelotti shogirdlari Hindiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Live
Barchasi