“Barselona”ga keraksiz Koutino APLga qaytmoqchi

Sport

image

“Barselona” yarim himoyachi Filippe Koutino bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda “Diario Sport” nashri xabar berdi.

Asosiy to‘siq braziliyalikning yuqori maosh istayotgani bo‘lishi mumkin, shu sabab aksariyat klublar futbolchini taklif qilishga tayyor emas. Faqatgina “Arsenal”da braziliyalik vingerni ijaraga olish varianti mavjud.

Koutino ayni damda klubida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani uchun Angliya Premer ligasiga yoki Italiya A seriyasiga qaytishni xohlaydi. Biroq, kelishuv amalga oshishi uchun u maoshini kamaytirishga rozi bo‘lishi kerak. 

Shuningdek, Koutinoning agentlari “Everton”, “Tottenxem” va “Lester” bilan ham aloqada. “Nyukasl” u istayotgan maoshni berishi mumkin, lekin Filippe saudiyaliklar qo‘l ostidagi jamoaga o‘tishni istamayapti.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi oxirida “Barselona” “Manchester Siti” bilan hujumchi Ferran Torres transfer borasida kelishuvga erishganini rasman e’lon qildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 21 yoshli futbolchi 2027 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolagan. Uning tovon puli bir milliard yevro etib belgilangan.


 


Maqola muallifi

Teglar

APL Barselona Arsenal Futbol Koutin'o A Seriya

Baholaganlar

14

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing