Torres “Barselona” futbolchisiga aylandi

Sport

image

“Barselona” “Manchester Siti” bilan hujumchi Ferran Torres transfer borasida kelishuvga erishganini rasman e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 21 yoshli futbolchi 2027 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi. Uning tovon puli bir milliard yevro etib belgilangan.

2022 yilning 3 yanvar kuni Torresning tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, “Barselona” Torres uchun 55 million yevro to‘laydi va “Man Siti” hisob raqamiga yana 10 million yevro miqdoridagi bonuslar o‘tkazib berilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Torres APLning 4 ta o‘yinida maydonga tushib, 2 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Man Siti Torres

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing