“Barselona” afsonasi Anchelottini maqtadi

Sport

image

“Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelottining muvaffaqiyatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Anchelotti haqida ko‘p gapirib bo‘lmaydi. Uning karerasi allaqachon uning darajasidan gapirishni boshlagan. Futbolchi va murabbiy sifatida Karlo shunchaki aqlbovar qilmaydigan natijalarga erishgan. “Real Madrid”ga ikki marta murabbiylik qilish va ikkalasida ham muvaffaqiyatga erishish oson emas. Bunday katta klubga qaytib, yangi futbolchilarni oldinga chorlash, katta natijalarni ko‘rsatish – faxrlanishga arziydigan hurmat va buyuklikdir”, deydi Inesta.

Ma’lumot uchun, Karlo Anchelotti murabbiylik faoliyatida ikki marta “qirollik klubi”ni boshqargan. Birinchi marta italiyalik 2013 yildan 2015 yilgacha Ispaniya klubiga ustozlik qilgan. Ikkinchi marta mutaxassis Madridga 2021 yilning iyulida qaytdi. “Qaymoqranglilar”dagi butun faoliyati davomida Anchelotti 9 ta sovrin yutdi.

Ayni damda italiyalik boshchiligidagi “Real” 2023/2024 yilgi mavsum Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 28 uchrashuvda 69 ochko jamg‘argan. Karlo Anchelotti shogirdlari 2-o‘rindagi “Jirona”dan 7 ochko oldinda.


Maqola muallifi

Teglar

Andres In'esta Karlo Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made