“Barselona” a’zosi “Real Madrid”ning ustidan kuldi 

Sport

image

“Barselona”ning 20 yoshli yarim himoyachisi Gavi “Real”ning so‘ngi o‘yinda uchralgan mag‘lubiyatidan so‘ng ijtimoiy tarmoqda post qoldirib azaliy raqiblarining ustidan kuldi va bu “qirollik klubi” muxlislarini g‘azablantirdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi. 

“Qaymoqranglilar” 25 aprel kuni “Jirona”ga qarshi maydonga tushdi va 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. 

Gavi esa prinsipial raqibning mag‘lubiyatidan xursandligini yashirib o‘tirmadi. 

Madridlik muxlislar Gavining postidan juda g‘azablangan hamda post aynan “Real”ning mag‘lubiyati munosabati bilan ijtimoiy tarmoqqa joylangan, degan fikrga kelgan.

Qizig‘i, 27 aprelga o‘tar kechasi “Barselona” ham La Liga navbatdagi turi doirasida Madridning “Rayo Valekano” jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Ispaniya chempionatining ortda qolgan 31 ta turidan keyin “Barselona” va “Real” ochkolaridagi tafovut o‘zgarmadi. Hamon 11 ochkolik farq bilan Kataloniya klubi turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing