“Real” Mbappening gaplari uçun Xitoy xalqidan uzr söradi

Sport

−

image

“Real Madrid” klubi fransuz hujumçisi Kilian Mbappe ortidan yuzaga kelgan mojaro sababli Xitoy xalqidan rasman uzr söradi. Bu haqda klub özining rasmiy saytida ma’lum qildi.

Avvalroq, Mbappening sevimli internet memlari haqidagi intervyusi Xitoyda keskin norozilikka sabab bölgan edi. Ommaviy axborot vositalari xabarlariga köra, futbolçi Xitoyning tarixiy siyosiy arbobi Mao Szedun bilan boğliq mem haqida gapirgan. Hodisa ortidan bir neçta Xitoy kompaniyalari futbolçi bilan hamkorlikni töxtatgan, şuningdek, Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV) bilan boğliq platformalarda Mbappe haqidagi ayrim materiallar olib taşlangan.

Keyinçalik La Liga prezidenti Xaver Tebas hamda Mbappening özi xitoylik muxlislardan uzr söragan edi.

“Klubimiz futbolçimiz Kilian Mbappening sönggi bayonotlari tufayli yuzaga kelgan har qanday noqulaylik uçun Xitoy xalqidan uzr söraydi. “Real Madrid” Xitoyga, uning tarixi, madaniyati va xalqiga, şuningdek, mamlakatdagi millionlab muxlislarimizga çuqur hurmat bilan qaraydi”, deyiladi klub rasmiy bayonotda.

Ma’lumot uçun, Mao Szedun (1893–1976) – Xitoy Xalq Respublikasining asosçisi, davlat va siyosat arbobi hamda maoizm nazariyasining muallifidir. U 1949 yilda Xitoy Kommunistik partiyasini ğalabaga yetaklab, XXR taşkil topganini e’lon qilgan va umrining oxirigaça mamlakatni boşqargan. Uning rahbarligi ostida Xitoyda yirik ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar, jumladan, “Katta sakraş” hamda “Madaniy inqilob” taşabbuslari amalga oşirilgan bölib, bu jarayonlar mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotiga çuqur va ziddiyatli ta’sir körsatgan. Hozirgi kunda Mao Szedun zamonaviy Xitoy davlatçiligining asosçisi sifatida mamlakat tarixida muhim va e’tiborli örin egallaydi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing