“Barselona” 5 nafar futbolchisidan qutulmoqchi

Sport

image

“Barselona” yanvar oyida bir nechta futbolchilar bilan hamkorlikni tugatishi mumkin. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.

Klub moliyaviy feyr-pley me’yorlarini bajarish uchun ushbu transfer oynasi orqali futbolchilarni sotish ustida ishlamoqda.

Kataloniyaliklar Filippe Koutino, Samuel Umtiti, Neto, Lyuk De Yong va Serjino Destni sotib yubormoqchi. Ularning barchasi murabbiy Xavining rejalariga to‘g‘ri kelmaydi, shuningdek, Koutino, Umtiti va Neto yuqori maoshli futbolchilar sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, “ko‘k-anorranglilar” titul homiyligi uchun ikki kriptovalyuta birjalari – “Binance” va FTX bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

Ma’lumot uchun, Ispaniya La ligasi turnir jadvalida “Barselona” 17 o‘yinda 27 ochko jamg‘argan holda 7-o‘rinda bormoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Filippe Koutin'o Xavi Samuel' Umtiti Neto Serjin'o Dest Lyuk De Yong

Baholaganlar

45

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing