“Barsa”dagi katta muammolardan biri hanuz bartaraf etilmadi

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi hali hamon yozda xarid qilgan futbolchilarini Isapaniya La Ligasi uchun ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapti. Shu sababli jamoa rahbariyati to‘rtinchi iqtisodiy dastak sifatida maoshlarni kamaytirishi va futbolchilarni sotishi kerak bo‘ladi. Bu haqda “Diario Sport” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Barsa” uchun kreativ mahsulotlar yaratuvchi "Barsa Studios" kompaniyasining yana 24,5 foiz ulushini "GDA Luma"ga sotadi.

Ushbu pul oqimiga qaramasdan, “ko‘k anorranglilar” rahbariyati yetti nafar yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hali ham 30-40 million yevro kam, deb hisoblamoqda. Ular bu summani futbolchilar maoshining navbatdagi qisqarishi evaziga qo‘lga kiritishga umid qilmoqda. Gap Frenki de Yong, Serxio Buskets va Jerar Pike maoshlari haqida ketmoqda.

Ma’lumot uchun, yozgi transfer oynasida Frank  Kesse va Andreas Kristensen erkin agent sifatida “Barselona” bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, “Lids” yarim himoyachisi Rafinya Dias 58 million yevroga va Robert Levandovski “Bavariya”dan va 45+5 million yevro evaziga xarid qilindi. Qolaversa, “Sevilya” klubi futbolchisi Jyul Kunde 50 million yevro evaziga sotib olindi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona”

Baholaganlar

197

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing