“Barsa” 100 million yevrolik kelishuv imzoldi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi “Barca Studios”ning (jamoaning media xizmati) 24,5 foiz huquqlarni “Orpheus Media”ga 100 million yevroga sotganini e’lon qildi. Bu haqda jamoaning rasmiy saytida xabar berilgan.

“Barca Studios”ning strategik hamkorlari ushbu sarmoya bilan loyihaning qiymatiga va sport olamidagi raqamli kontent kelajagiga ishonchlarini namoyish etadilar”, deyiladi “ko‘k anorranglilar” matbuot xizmati xabarida.

Bundan oldin,“Barselona” televizion huquqlarining 25 foizini Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Sixth Street” sarmoyaviy kompaniyasiga sotgandi. Dastlab, amerikaliklar klub tele-huquqlarining 10 foizini sotib olgandi. Keyinchalik “ko‘k anorranglilar” yana 15 foiz TV namoyishlar egaligini “Sixth Street”ga sotdi. Ushbu ikkita bitimning umumiy qiymati qariyb 600 million yevroni tashkil etdi. Shuningdek, kataloniyaliklar  “Barca Studios”ning 24,5 foiz ulushini “Socios”ga 100 million yevroga sotdi. 

Qayd etilishicha, yuqoridagi to‘rtta iqtisodiy dastak ishga tushirilganidan keyin ham “Barselona” futbolchilarining maoshini 30-40 million yevroga kamaytirishi kerak. Serxio Buskets va Jerar Pike maoshlari kamaytirilishiga roziligini bildirgan bo‘lsa, Frenki de Yong bilan bog‘liq vaziyat chigalligicha qolmoqda. “Barsa” yuqoridagi uchta futbolchidan pandemiya davrida qarz bo‘lib qolgan. Ya’ni, ular maoshlarining katta qismi pandemiya yakunlangach, to‘lab berilishiga rozi bo‘lgan. Ammo hozirda “Barsa” bu futbolchilar oldidagi majburiyatini bajarolmaydi.

“Barsa”ning ikki “qariya” futbolchisi Pike va Buskets rahbariyat bilan maoshlarni kamaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgani va yuqoridagi to‘rtinchi iqtisodiy dastakning ishga tushishi klubga yangi kelgan futbolchilarni Ispaniya chempionati uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga yordam beradi.

Ma’lumot uchun, yozgi transfer oynasida Frank  Kesse va Andreas Kristensen erkin agent sifatida “Barselona” bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, “Lids” yarim himoyachisi Rafinya Dias 58 million yevroga va Robert Levandovski “Bavariya”dan 45+5 million yevro evaziga xarid qilindi. Qolaversa, “Sevilya” futbolchisi Jyul Kunde 50 million yevro evaziga sotib olindi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona”

Baholaganlar

26

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing