Barmoq izlari, chipli plastik karta: Rossiya migrantlarga yangi majburiyat yuklamoqda
Olam
−
04 Sentabr 2021
9023Joriy yilning 29 dekabridan boshlab Rossiyaga uzoq vaqtga kelgan mehnat muhojirlari va chet elliklar chipli plastik karta olishi kerak bo‘ladi. Bu haqda RF Ichki ishlar vazirligi buyrug‘i loyihasida ma’lum qilingan, deya xabar bermoqda TASS.
Qayd etilishicha, chipli plastik kartaga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning barmoq izlari va suratlari kiritiladi.
“Bu buyruq joriy yilning 29 dekabridan kuchga kiradi”, deyiladi hujjatda.
Chipli plastik karta 5,6 x 53,98 millimetr o‘lchamda bo‘ladi. Uning old tomoniga 30 dan 40 millimetrgacha chet el fuqarosining rangli yoki qora-oq fotosurati joylashtiriladi. Unda hujjatning identifikatsiya raqami, fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va jinsi ko‘rsatiladi. Orqa tomonida esa fuqaro to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘ladi.
Shuningdek, kartaga kontaktsiz interfeysli mikrosxemalar shaklida chip joylashtiriladi. Bundan tashqari, chipda identifikatsiyalash uchun mos keladigan ikkita barmoq izlarining elektron tasviri bo‘ladi. Ma’lum qilinishicha, joriy yil 29 dekabridan boshlab mehnat muhojirlari, shuningdek, Rossiyaga 90 kundan ortiq muddatga kelgan boshqa toifadagi chet elliklardan majburiy ravishda barmoq izlari olinadi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15