Baribir Matiasga qarshi jang qiladigan bo‘ldim – Shohjahon Ergashev

Sport

image

Super yengil vaznli o‘zbekistonlik prof bokschi Shohjahon Ergashev va IBF yo‘nalishi chempioni puyerto-rikolik Sabriel Matias jangini tashkil qilish vazifasi IBF tashkilotining zimmasiga o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston vakilining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Sportchiga ko‘ra, Sabriel Matias tashkilotdan himoya jangi oldidan sobiq chempion Sergey Lipinets bilan jang o‘tkazish haqidagi so‘rovini qanoatlantirmagan. Shuningdek, Ergashevning oyog‘idagi jarohat sabab yengilroq jang olish istagi ham rad etilgan.

“IBF chempionligi uchun jangga men buyurilgan bo‘lishimga qaramay, Sabriel Matias tashkilotdan Sergey Lipinetsga qarshi jang so‘ragandi. Bundan kelib chiqqan holda, men ham promouterimga chempionlikka qadar bitta yengilroq jang o‘tkazishni taklif qildim. Biroq IBF'ning yakuniy xulosasiga bilan Sabriel Matias va Sergey Lipinets jangi bekor qilindi. Shu bilan birga, mening yengilroq jang haqidagi so‘rovim ham qabul qilinmadi. Endilikda IBF kamari uchun puyerto-rikolik amaldagi chempionga qarshi jangimni tashkil qilish tashkilotning zimmasiga qoldi. Baribir Sabriel Matiasga qarshi jang qiladigan bo‘ldim. Uzog‘i ikki haftada hammasi rasman hal bo‘ladi”, deydi Shohjahon Ergashev.

Ma’lumot uchun, Sabriel Matias profboksda 20 ta jang o‘tkazib, 19 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Da’vogar Shohjahon Ergashev esa faoliyati davomida 23 ta jangda ishtirok etib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. U janglarining 20 tasida nokaut, 3 tasida hakamlar qarori bilan g‘alabaga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev IBF Sabriel' Matias

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing