Barcha zamonlarning eng yaxshi darvozaboni aniqlandi

Sport

image

Turinning “Yuventus” klubi darvozaboni Janluiji Buffon futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonga aylandi. Bu haqda “La Gazzette dello Sport” nashri yozmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Italiya nashri 18 mamlakatning 18 nafar nomdor darvozaboni orasida “Har vaqtning eng yaxshi darvoza posboni” so‘rovnomasini o‘tkazgan. 

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Buffon yettita ovoz bilan g‘olib bo‘lgan. Sobiq SSSR darvozaboni Lev Yashin besh ovoz bilan ikkinchi o‘rinda, italiyalik Dino Zoff esa ikkita ovoz bilan kuchli uchlikni yakunlagan. Gordon Benks, Iker Kasilyas, Peter Shmeyxel, Zepp Mayer, Ladislao Mazurkevich, Rojerio Seni va Klaudio Taffarel bittidan ovoz olgan.

Eslatib o‘tamiz, Italiyaning “Milan” futbol klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich Buffonni tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb bilishini aytgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Italiya nashri o‘tkazgan ushbu so‘rovnomada ikkinchi o‘rinni olgan Sobiq Ittifoq futbolchisi Lev yashin “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan yagona darvozabon hisoblanadi.

Bundan tashqari, Lev FIFA tomonidan XX asrning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buffon darvozabon

Baholaganlar

188

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing