Barcha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkasi 1,5 barobarga oshiriladi

Jamiyat

image

2019 yil 1 martdan “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarining rahbar xodimlari va tarbiyachilari, shuningdek, barcha turdagi xalq ta’limi muassasalari tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkasini 1,5 barobarga oshirish va uni umumta’lim maktablarining tegishlicha rahbar va pedagogik xodimlari bazaviy tarif stavkasining 75 foizi darajasida belgilash ko‘zda tutilmoqda. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan kecha, 11 fevral kuni imzolangan “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda so‘z borgan. 

Qarorda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining 2019 yil 1 oktyabrdan “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari rahbar xodimlari va oliy ma’lumotli tarbiyachilari hamda barcha turdagi xalq ta’limi muassasalari oliy ma’lumotli tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta’lim maktablarining tegishli rahbar va pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish, bunda ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyachilari uchun ko‘zda tutilgan ustamani bekor qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori Tarbiyachilar

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing