Barcha mulkini onasi nomiga o‘tkazgan Hakimi rafiqasini mulksiz qoldirdi

Sport

image

PSJning marokashlik futbolchisi Ashraf Hakimining rafiqasi, aktrisa Xiba Abuk ajrashishi matbuotda keng muhokama qilinmoqda.

Gap shundaki, 24 yoshli futbolchining rafiqasi ajrashish uchun ariza bergan va mol-mulkining yarimini talab qilgan, biroq sud 36 yoshli aktrisaga futbolchining hech narsasi yo‘qligi, barcha mol-mulk Hakimining onasining nomidaligini ma’lum qilgan.

Marokashlik futbolchining Jahon chempionatidan so‘ng ishlari yurishmayapti. U 24 yoshli fransuz qizni zo‘rlashda ayblanmoqda. Hakimi esa bu tuhmat ekanini qayd etgan.

Xabarlarga ko‘ra, Ashraf Hakimi va Xiba Abukning ajrashishi jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq emas, ular Hakimiga qo‘yilgan ayblovlardan birmuncha oldin munosabatlarga chek qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Ashraf Hakimi Xiba Abuk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing