Barcha davlat rahbarlari mening o‘rnimda bo‘lishni xohlaydi – Bayden
Olam
−
11 dekabr 2021
4089Har qanday davlat, jumladan, Rossiya va Xitoy rahbari ham AQSH Prezidenti bilan o‘rin almashishga tayyor. Amerika yetakchisi Jo Bayden shunday fikr bildirdi.
“Mamlakatimizga optimistik munosabatdaman. Xitoy va Rossiya rahbarlaridan tortib to boshqalargacha, men bilan o‘rnini almashtirishni istamaydigan bironta ham dunyo yetakchisini
bilmayman”, degan u.
Oq uy rahbari o‘z pozitsiyasini Qo‘shma Shtatlar dunyodagi boshqa mamlakatlarga qaraganda “ko‘proq imkoniyatlarga egaligi, mamlakatda ilm-fan va texnologiya yaxshi rivojlangani” bilan asoslagan.
Avvalroq, Bayden rasmiy Vashington Germaniyaning yangi hukumati bilan hamkorlikda ishlashni intizorlik bilan kutayotganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi