“Barbie” filmi ikkita “Oltin Globus”ni qo‘lga kiritdi
Madaniyat-san’at
−
08 yanvar
52092023 yilning eng kassabop filmi bo‘lgan “Barbie” 81-“Oltin Globus” kinomukofoti marosimida birdan ikkita nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Bu haqda mukofotning rasmiy sahifasida xabar berildi.
Bildirilishicha, taqdirlashda Greta Gervigning “Barbie“ filmi ”Kinematografiya va kassa yutuqlari” nominatsiyasida yetakchi bo‘lgan. Bu namoyish etilganining dastlabki oyidayoq katta shov-shuvga sabab bo‘lgan va bir nechta mamlakatda taqiqlangan filmning birinchi mukofotlanishi hisoblanadi.
Shuningdek, marosimda taniqli amerikalik xonanda Billi Aylish va Finneas O’Konnell tomonidan ijro etilgan filmning “What was i made for?" nomli saundtreki “Kinofilm uchun eng yaxshi qo‘shiq” deb topildi.
Bundan tashqari, “Oppengeymer”, “Galaktika qo‘riqchilari 3", ”Jon Uik 4", “O‘rgimchak-odam: Koinotlar to‘ri”, “Filmlarda Super Mario og‘a” va Teylor Sviftning gastrol safari aks etgan “Teylor Svift: Eras sayohati” filmlari “Oltin Globus” mukofotiga loyiq ko‘rildi.
Ma’lumot uchun, "Barbie" filmi dunyo kinoekranlariga chiqarilganining 17-kunidayoq 1 milliard AQSH dollaridan ortiq mablag‘ jamg‘argan. Bu Gervigni filmi milliard dollar ishlab topgan birinchi ayol rejissyorga aylantirgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barbenheimer” filmlari Google qidiruv tizimida bir yil mobaynida eng ko‘p qidirilgan so‘z, deb topildi va ChatGPT`ni ortda qoldirdi.
LiveBarchasi