BMT Bosh kotibi Instagramʼda yangi ochgan sahifasida Orol fojiasi haqida fikr bildirdi
Jamiyat
−
21 may 2019
4157BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Instagramʼda o‘z sahifasini ochdi va foydalanuvchilarga Orol suratlarini ham ko‘rsatdi.
“Ikki yil oldin Orol dengiziga tashrif buyurib, zamonamizning eng yirik ekologik halokatlaridan birining guvohiga aylangandim. Orol dengizi kattaligi bo‘yicha qachonlardir dunyodagi to‘rtinchi ko‘l edi va uning bir necha o‘n yil ichida asta-sekin qurib borishi mintaqa hukumatlari hamda jamoatchiligi uchun qator muammolarni keltirib chiqardi. Mening safarim sayyoramizga nisbatan e’tiborsizlikning fojiaviy asoratlarini eslatib qo‘ydi, biroq men oqilona qo‘llab-quvvatlash yordamida jamoatchilik ushbu holatni o‘zgartira olishi mumkinligiga ham shohid bo‘ldim”, - deb yozadi Bosh kotib Instagramʼda.
Ayni paytda Guterrishning yangi akkauntida ko‘plab fotosuratlar bor, obunachilari soni esa 42 ming nafarga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, Antonio Gutterish 2018 yil sentyabr oyida o‘tkazilgan BMTning 73-assambleyasida Markaziy Osiyodagi zamonaviy siyosiy jarayonlarda O‘zbekiston muhim rol o‘ynashini alohida ta’kidlagan edi.
U O‘zbekistonda yangi siyosiy hokimiyat yuzaga kelganidan so‘ng Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanganiga bevosita va shaxsan guvoh bo‘lgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr