Bankka bosqinchilik qilgan shaxs ushlandi (video)

Olam

image

Qozog‘istonning Ostona shahridagi bankka bostirib kirgan qurollangan shaxs politsiya tomonidan hibsga olindi. Bu haqda ORDA nashri xabar berdi.

Keltirilishicha, erkak hibsga olinishi bilanoq, barcha garovga olinganlar ozod qilingan.

“Politsiya bosqinidan so‘ng garovga olinganlar qo‘yib yuborildi. Barcha xodimlar olib chiqildi. Bosqinchi zararsizlantirildi. Hamma shifokorlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi. Garovga olinganlar va bosqinchilardan hech biri jabrlanmadi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak 30 yoshli Alixan Murodov ismli shaxs bo‘lib, uning kredit bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan.

Shuningdek, qurollangan shaxs ushlanishidan oldin uning garovdagilardan birining chakkasiga to‘pponcha tirab turgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 18 iyun kuni Ostonadagi “Kaspi”  banki filialida yetti nafar ayol va bir qo‘riqchi qurollangan shaxs tomonidan garovga olingandi. U bankning barcha aktivlarini nogiron bolalar, kambag‘al va muhtojlar fondiga o‘tkazishni talab qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston bank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing