Qozog‘istondagi bankka qurollangan shaxs bostirib kirib, odamlarni garovga oldi (video)
Olam
−
18 iyun 2023
16201Qozog‘istonning Ostona shahridagi bank binosida qurollangan shaxs odamlarni garovga oldi. Bu haqda “Sputnik Qozog‘iston” nashri xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u “Kaspi” Banki filialida yetti nafar ayol va bir qo‘riqchini garovga olgan. Qurollangan shaxs bankning barcha aktivlarini nogiron bolalar, kambag‘al va muhtojlar fondiga o‘tkazishni talab qilmoqda. Shuningdek, u o‘z talablarini bajarish uchun uch soat vaqt berib, garovga olinganlarni o‘ldirishini aytgan.
Voqea joyiga maxsus kuchlar yetib kelgan. Ular erkak bilan muzokara o‘tkazishga harakat qilmoqda. Bankda mijozlar yo‘q, faqatgina tashkilot xodimlari borligi ma’lum qilingan.
LiveBarchasi